UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

ICANN vakilining O‘zbekistonga tashrifi doirasida .UZ domeni Ma'muriyati bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonga tashrif doirasida .UZ domeni Ma'muriyati vakillari ICANNning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik bo‘yicha menejeri Seher Sagiroglu bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

21.09.2026

ICANN vakilining O‘zbekistonga tashrifi doirasida .UZ domeni Ma'muriyati bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, L-Root serverini O‘zbekistonda joylashtirish, DNSSEC texnologiyasini rivojlantirish va qo‘llash, shuningdek, boshqa dolzarb texnik va ma’muriy masalalar muhokama qilindi.

L-Root serverining O‘zbekistonda joylashtirilishi DNS infratuzilmasining barqarorligi va ishonchliligini oshirish, ildiz DNS infratuzilmasiga murojaat qilishda tarmoq kechikishini kamaytirish hamda milliy internet makonining texnik barqarorligini mustahkamlash imkonini beradi.

Shuningdek, .UZ domeni Ma'muriyatining ICANN faoliyatidagi keyingi ishtiroki, xalqaro tashabbuslar va tashkilotning ishchi jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seher Sagiroglu, shuningdek, ICANNning kelgusidagi rejalari hamda texnik salohiyatni rivojlantirish va mintaqadagi DNS hamjamiyati bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan yangi dasturlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv .UZ domeni Ma'muriyati va ICANN o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda qo‘shma texnik tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.