8-9 avgust kunlari Sog‘liqni saqlash vazirligi va UZINFOCOM tashabbusi bilan Xorazm viloyatida
sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ikki kunlik seminar tashkil etildi.
Seminarda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari O. Omonov, UZINFOCOM bosh direktori E. Gimranov, UZINFOCOMning Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari va viloyat texnik xizmat ko‘rsatish xodimlari hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar ishtirokchilari bir qator tuman shifoxonalariga tashrif buyurib, DMED yagona tibbiyot axborot tizimi va “Cancer Registr” onkologik kasalliklarni hisobga olish yagona tizimi bilan tanishdilar. Bundan tashqari, Urganch IT-Park filiali binosida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlari va IT-hamshiralar uchun seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-trening yakunida sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish jarayonida faol ishtirok etayotgan IT-hamshiralar taqdirlandi.