Latviyada “Uzinfocom Europe” qoʻshma korxonasi ochiladi
UZINFOCOM delegatsiyasi Latviyaga ish safari davomida ShipleArt MChJ bilan muzokaralar olib bordi va hamkorlik memorandumini imzoladi.
Memorandum doirasida Latviyada UZINFOCOM Yagona integrator yechimlarini Yevropa Ittifoqining IT-bozoriga tatbiq etish uchun “Uzinfocom Europe” qo‘shma korxonasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Bitimning imzolanishi tomonlarning umumiy maqsadlarga erishish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan mustahkam va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidan dalolat beradi.