UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Xayrli oqshom! Efirda Ucastning 12-soni!

Mehmonimiz “Alif Uzbekistan” kompaniyasi bosh direktori Nuriddin Lafizov.

12.08.2024

Xayrli oqshom! Efirda Ucastning 12-soni!

Alif Tojikistondagi yetakchi banklardan biri va mintaqadagi yirik fintech loyihasi bo‘lib, qiymati yuzlab million dollarni tashkil etadi. Besh yildan ortiq vaqt mobaynida kompaniya O‘zbekistonda muvaffaqiyatli rivojlanib bormoqda va AI sohasidagi o‘zining ishlanmalaridan foydalangan holda islom banki tamoyillarini joriy qilmoqda.

Ushbu sonda O‘zbekistonda sun’iy intellektning rivojlanishi, u tufayli ishsiz qolish ehtimoli, odamdan ajratib bo‘lmaydigan botlarning holati, islomiy bankingning xususiyatlari va “halol” so‘zi atrofidagi marketingning ta'siri haqida muhokama qildik.

Podkastning oxirida siz uchun savol tayyorladik. Eng yaxshi javob muallifi ChatGPTga bir yillik obunani va brendli merchni qo’lga kiritadi. Ishtirok etish uchun UZINFOCOM YouTube sahifasiga obuna bo'ling va ushbu videoga layk bosing!