UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

O’zbekistonda o’tadigan Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko’rish va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida

Raqamli texnologiyalar vazirligi, UZINFOCOM va O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda o’yin chiptalarini sotish platformasi va chiptalarni tekshirish tizimi ishlab chiqildi.

16.08.2024

O’zbekistonda o’tadigan Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko’rish va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida

Futsal2024.uz platformasi internet orqali chiptalarni qulay va oson xarid qilish imkoniyatini beradi, qulay interfeys bilan ta'minlangan, o’yinlarni va arenalardagi joylarni oson tanlash, turli to'lov tizimlari orqali to'lovni amalga oshirish imkonini yaratadi.

 

Tizim 24/7 rejimida ishlaydi, xavfsizlik va shaffoflik noyob QR-kodlar va arena xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyalashuv orqali ta'minlanadi.

 

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor O'zbekistonda joriy yilning 14-sentabr — 6-oktabr kunlari bo'lib o'tadi. Chiptalarni futsal2024.uz sayti orqali xarid qiling!