UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM kompaniyasi yangi UDOCS axborot tizimini joriy qilmoqda

Tizim hisob-fakturalar, aktlar va shartnomalar kabi asosiy hujjatlar bilan ishlashni qo'llab-quvvatlaydi.

13.09.2024

UZINFOCOM kompaniyasi yangi UDOCS axborot tizimini joriy qilmoqda

UDOCS axborot tizimi mijozlar va hamkorlar bilan elektron hujjatlarni yaratish va almashish uchun mo'ljallangan. 

UDOCS allaqachon Kiberxavfsizlik markazi ekspertizasidan o‘tgan va Davlat soliq qo‘mitasi platformasi orqali hujjat aylanishi operatorlari bilan integratsiyalashgan.

Shuningdek, tizimni 1C bilan integratsiyalash ishlari olib borilmoqda, bu esa buxgalterlar uchun hujjat aylanishini sezilarli darajada soddalashtiradi.