Bugun "UzMedExpo-2024" 3 kunlik xalqaro ko'rgazmasi boshlandi. Bu yerda sog'liqni saqlash sohasi vakillari o'zlarining so'nggi yutuqlarini namoyish etadilar.
UZINFOCOM ko‘rgazmada tibbiyotni raqamlashtirish uchun yagona DMED tizimini taqdim etadi
UZINFOCOM ko‘rgazmada tibbiyotni raqamlashtirish uchun yagona DMED tizimini taqdim etadi. Ushbu tizim hozirda Toshkent shahridagi bir qator tibbiyot muassasalarida faol joriy etilmoqda, kelajakda esa butun respublika bo‘ylab qo‘llaniladi.
Tashrif buyuruvchilar ushbu tizimning to‘liq ishlash jarayoni bilan batafsil tanishishlari mumkin – ro‘yxatga olishdan tortib elektron retsept bo‘yicha dori-darmon berishgacha.
Sizni O'zekspomarkazning 1-pavilonidagi UZINFOCOM stendida kutamiz!