UZINFOCOM va Pekinning H3C kompaniyasi hamkorlik memorandumini imzoladilar
Tomonlar sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini raqamlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba

Tomonlar sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini raqamlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba va ekspertiza almashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Memorandum imzolanishidan oldin UZINFOCOM delegatsiyasi, bosh direktor Emil Gimranov boshchiligida, Pekinda joylashgan H3C ofislariga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Endi UZINFOCOM va H3C O‘zbekistonning asosiy tarmoqlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha birgalikda ish olib borishni rejalashtirmoqda.