UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

.UZ domeni ma'muriyati Bishkekda bo'lib o'tgan CAPIF 3 forumida DNSSEC.UZ avtomatlashtirish bo'yicha yangi loyihani taqdim etdi

Markaziy Osiyo tarmoq o‘zaro bog‘liqligi va piring CAPIF 3 forumining tashkilotchilari RIPE NCC, Qirg‘iziston aloqa operatorlari assotsiatsiyasi va Qirg‘iztelekom bo‘ldi.

26.09.2024

.UZ domeni ma'muriyati Bishkekda bo'lib o'tgan CAPIF 3 forumida DNSSEC.UZ avtomatlashtirish bo'yicha yangi loyihani taqdim etdi

 

Forumda internet-provayderlar, tarmoq operatorlari, bulutli platformalar ma'murlari va ma'lumotlar markazi operatorlari Markaziy Osiyoda piring, tarmoq o‘zaro bog‘liqligi va internet infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ilishdi.

Tadbirda .UZ domeni ma'muriyatining yagona integratori UZINFOCOM vakili DNSSEC.UZ tizimini avtomatlashtirish loyihasini taqdim etdi. Bu loyiha O‘zbekiston domen zonasining xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlash uchun muhim qadam hisoblanadi.