O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining maslahatchisi Akihiro Sakurai UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurib, xodimlar bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda sun’iy intellekt asosidagi IT-yechimlarni


xususan MyID tizimini Yaponiyada joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu yechim milliy va xalqaro darajada o‘zini yuqori sifatli va samarali tarzda ko‘rsatganligi ta’kidlandi.
Janob Sakurai, shuningdek, UZINFOCOMning boshqa ustuvor yo‘nalishlari, infratuzilma va elektron hukumat sohasidagi loyihalari bilan ham yaqindan tanishib, ularga katta qiziqish bildirdi.
