UZINFOCOM 2024-yil 5-oktyabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan
Ikkinchi xalqaro marketpleyslar konferensiyasida ishtirok etadi.
Konferensiyada nimani kutishingiz mumkin:
- Ekspertlar va yetakchi sotuvchilardan o'ziga xos maslahatlar.
- O'sish va ilgari surish strategiyalari: g'oyadan muvaffaqiyatli kengayishga qadar.
- Bozor yetakchilari bilan tanishish: marketpleyslarni zabt etganlar bilan aloqalar o'rnating va ularning sirlarini o'rganish.
- Panel sessiyalari: savdoni oshirish va turli kanallarni rivojlantirish bo'yicha ma'lumotlar olish.
Qachon va qayerda: 5-oktyabr, Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 4a manzilidagi «Panorama» Kino Saroyida.
6-oktyabr (faqat «To the Moon» tarifidagi ishtirokchilar uchun)
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish: https://sellerclub.uz/konf