UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro CSS 2024

sammitining ikkinchi kuni panel sessiyasida UZINFOCOM kiberxavfsizlik monitoringi departamenti rahbari Anvar Odilov so‘zga chiqdi.

10.10.2024

Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro CSS 2024

 

Sessiya turli sohalardagi kiberxavfsizlik yetakchilari duch kelayotgan asosiy muammolarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Muhokama mavzularidan: ichki va tashqi kiberxavfsizlik orasidagi muvozanat, xatarlarni boshqarish, davlat tomonidan tartibga solish, barqarorlikni rejalashtirish va inson omilining roli. Shu bilan birga Sun’iy Intellektga asoslangan fishing hujumlariga va bu tahdidlarga javoban kiberhimoya strategiyalarini moslashtirishga alohida e'tibor qaratildi.