UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Frontend o'qituvchisi

To'liq stavka

3-6

Bosh ofis

16.07.2024

Ish sharoitlari

"USTUDY by UZINFOCOM" IT akademiyasi tajribali Frontend o‘qituvchisini (o‘zbek guruhlari uchun) izlamoqda.

Majburiyatlar:

  • Kurs uchun materiallar tayyorlash (kurs dasturiga asoslangan nazariy materiallar va amaliy topshiriqlar).
  • Kursni markaz metodologi bilan birgalikda dolzarb saqlash.
  • Tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha ta’lim berish.
  • Uy vazifalarini tahlil qilish.
  • Nazorat topshiriqlarini o‘tkazish va tekshirish.
  • Markaz tadbirlarida ishtirok etish.

Talablar:

  • JavaScript, TypeScript, HTML, CSS dasturlash tillaridan foydalanib, Frontend rivojlantirish sohasida kamida 3 yillik tajriba. O‘qitish tajribasi afzallik hisoblanadi.
  • IT texnologiyalari sohasida oliy texnik ta'lim.
  • Tanlangan dasturlash tilini chuqur tushunish, shu jumladan uning xususiyatlari, imkoniyatlari va eng yaxshi amaliyotlari.
  • Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish tamoyillarini bilish.
  • Ma'lumotlar bazalari bo‘yicha asosiy bilim.
  • Murakkab narsalarni sodda tilda tushuntira olish qobiliyati.
  • Doimiy ravishda bilimlarini oshirishga, tendensiyalar va texnologiyalarni kuzatib borishga tayyorlik.
  • Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar.

Bizlar nima taklif etamiz:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul.
  • Soatbay ish haqi.
  • Moslashuvchan ish jadvali. Bir yoki bir nechta guruhlarni olishingiz mumkin.
  • Innovatsion IT o‘quv markazida ishlash.
  • Shaxsiy brendingizni mustahkamlash. Siz onlayn tadbirlar o‘tkazishingiz va mutaxassislarni ekspert sifatida o‘qitishingiz mumkin.

Vakansiyaga qiziqdingizmi?

Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing