UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Grafik dizayn o‘qituvchisi

To'liq stavka

3-6

Bosh ofis

25.09.2024

Условия работы

"USTUDY by UZINFOCOM" IT akademiya tajribali Grafik dizayn o‘qituvchisini o‘z jamoasini kuchaytirish uchun qidirmoqda.

Majburiyatlar:

  • Kurs uchun materiallar tayyorlash (kurs dasturiga asosan nazariy materiallar va amaliy topshiriqlar);
  • Kursning dolzarbligini markaz metodologi bilan birgalikda saqlab turish;
  • Tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha o‘qitish;
  • Uy vazifalarini tahlil qilish;
  • Nazorat topshiriqlarini o‘tkazish va tekshirish;
  • Markaz tadbirlarida qatnashish.

Talablar:

  • Grafik dizayn sohasida kamida 3 yillik tajriba, loyihalarda qatnashish va mijozlar bilan ishlash afzallik hisoblanadi. O‘qitish tajribasi ustunlik beradi;
  • Dizayn yoki u bilan bog‘liq mutaxassislik bo‘yicha oliy ma'lumot afzallik bo‘ladi;
  • Adobe Photoshop, Adobe After Effects, Corel Draw, Adobe Illustrator kabi vositalarni chuqur tushunish va ulardan foydalanishni o‘rgatish qobiliyati;
  • Turli uslublar, loyihalar va kreativ yondashuvlarni namoyon qiluvchi sifatli portfolioga ega bo‘lish;
  • Dizaynning asosiy tamoyillarini, jumladan kompozitsiya, rang nazariyasi va tipografikani tushunish;
  • Murakkab narsalarni oddiy tilda tushuntirish mahorati;
  • Malakasini doimiy ravishda takomillashtirishga tayyorlik, trendlar va texnologiyalarni kuzatib borish;
  • Talabalar ijodiy fikrlashini rag‘batlantirish, masalalarni yechishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash;
  • Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar.

Bizlar nima taklif etamiz:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish;
  • Soatbay to‘lov;
  • Moslashuvchan ish jadvali. Siz bir yoki bir nechta guruh olishingiz mumkin;
  • Innovatsion o‘quv IT markazida ishlash;
  • Shaxsiy brendni kuchaytirish. Siz onlayn tadbirlar o‘tkazishingiz, mutaxassislarni o‘qitishingiz mumkin.

Заинтересованы в вакансии?

Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы