Tizim tahlilchisini
Ish sharoitlari
Yagona integrator davlat miqyosidagi yirik loyihada ishtirok etish uchun texnik yozuvchi - tizim tahlilchisini izlamoqda.
Majburiyatlar:
- Tadqiqot ishlarini olib borish uchun analitik va metodik ta'minotni tashkil etish.
- Statistik ma'lumotlarni yig'ish uchun so'rovnomalar va shakllar ishlab chiqish.
- Ma'lumotlarni yig'ish, baholash va tahlil qilish uchun analitik ishlarni olib borish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
- Olingan ma'lumotlarni tizimlashtirish, ularning dolzarbligini va to‘liqligini tekshirish.
- Texnik hujjatlarni (kontseptsiyalar, texnik topshiriqlar, texnik talablar) kompaniya, qonunchilik va davlat organlari talablariga muvofiq yaratish.
- Davriy yangilanishlarni nazarda tutadigan uzoq muddatli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.
- Joriy ichki korporativ hujjatlarni va hisobotlarni yuritish.
- Buyurtmachi va uning bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
- Yechimlarni izlash va ularni kelishishda UZINFOCOM bo‘limlari bilan hamkorlik qilish.
Talablar:
- Ilg‘or analitik ko‘nikmalar va ma'lumotlarni tanqidiy tahlil qilish qobiliyati.
- So‘rovlar ishlab chiqish va o‘tkazish, statistik ma'lumotlarni yig‘ish va tizimlashtirish tajribasi.
- Ma'lumotlarni tahlil qilish usullari va amaliy tavsiyalar berish qobiliyatiga ega bo‘lish.
- Texnik hujjatlarni, jumladan kontseptsiyalar, texnik topshiriqlar va talablarni yaratish ko‘nikmalari.
- Joriy korporativ hujjatlar va hisobotlar bilan ishlash ko‘nikmalari.
- Soha faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik asoslarini bilish.
- Notatsiyalarni bilish, jarayonlarni modellashtirish yoki tavsiflash tajribasi (UML / BPMN) - afzallik sifatida.
- Mahsulotni “nol”dan loyihalashtirish tajribasi, mahsulot va arxitekturani foydalanishga tayyor bosqichgacha yetkazish tajribasi - afzallik sifatida.
Bizlar nima taklif etamiz:
- Raqobatbardosh ish haqi.
- Professional rivojlanish imkoniyatlari.
- Korporativ tadbirlar va bonuslar.
- Shahar markazidagi barcha qulayliklarga ega ofis.
Vakansiyaga qiziqdingizmi?
Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing