Motion Dizayn O'qituvchisi
Условия работы
"USTUDY by UZINFOCOM" IT akademiyasi tajribali Motion dizayn o‘qituvchisini (o‘zbek guruhlari uchun) izlamoqda.
Majburiyatlar:
- Kurs uchun materiallar tayyorlash (kurs dasturiga asoslangan nazariy materiallar va amaliy topshiriqlar).
- Kursni markaz metodologi bilan birgalikda dolzarb saqlash.
- Tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha ta’lim berish.
- Uy vazifalarini tahlil qilish.
- Nazorat topshiriqlarini o‘tkazish va tekshirish.
- Markaz tadbirlarida ishtirok etish.
Talablar:
- Motion dizayn sohasida kamida 3 yillik tajriba, jumladan, turli maqsadlar uchun animatsiyalar yaratish tajribasi. O‘qitish tajribasi afzallik hisoblanadi.
- Dizayn yoki unga aloqador sohada oliy ma’lumot afzallik hisoblanadi.
- Adobe After Effects, Cinema 4D, Adobe Illustrator kabi dasturlarni chuqur tushunish va ulardan foydalanishni o‘rgatish qobiliyati.
- Turli uslublar, texnikalar va loyihalarni namoyish etuvchi sifatli protfolio mavjudligi.
- Kompozitsiya, rang nazariyasi va tipografika kabi asosiy dizayn tamoyillarini tushunish.
- Animatsiya tamoyillarini tushunish: tayming, anticipatsiya, squash va stretch, akseleratsiya, animatsion egri chiziqlar va boshqa asosiy animatsiya tamoyillarini bilish.
- Murakkab narsalarni sodda tilda tushuntira olish qobiliyati.
- Doimiy ravishda bilimlarini oshirishga, tendensiyalar va texnologiyalarni kuzatib borishga tayyorlik.
- Talabalarda ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish va vazifalarni hal qilishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash qobiliyati.
- Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar.
Bizlar nima taklif etamiz:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul.
- Soatbay ish haqi.
- Moslashuvchan ish jadvali. Bir yoki bir nechta guruhlarni olishingiz mumkin.
- Innovatsion IT o‘quv markazida ishlash.
- Shaxsiy brendingizni mustahkamlash. Siz onlayn tadbirlar o‘tkazishingiz va mutaxassislarni ekspert sifatida o‘qitishingiz mumkin.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы