Каждому проекту мы уделяем особую любовь
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi "2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-357-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab "Yagona darcha" tamoyili asosida davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va portallarini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasi ishga tushirildi.
Узнать больше
Узнать больше
Yugur.uz
Yugur.uz - 2024-yilda ishga tushirilgan onlayn sog‘lomlashtirish platformasi. U xalqaro va respublika yugurish tadbirlarini, shu jumladan marafonlarni tashkil etish imkonini beradi, shuningdek, natijalarni ro‘yxatga olish, kuzatish va monitoring qilish jarayonlarini raqamlashtirishni ta’minlaydi. Loyihaning asosiy maqsadi - sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalarning bo‘sh vaqtini tashkil etish va aholini sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish.
Узнать больше
Узнать больше
UDOCS
UDOCS biznes, mijozlar va hamkorlar o'rtasida elektron hujjatlarni yaratish, boshqarish va almashish, ish oqimlari va aloqalarni optimallashtirish uchun mo'ljallangan.
Узнать больше
Узнать больше
FUTSAL2024 Tizimi
Kompaniyamiz Raqamli texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan birgalikda 2024-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiptalar bo‘yicha ilg‘or axborot tizimi – FUTSAL2024 tizimini ishlab chiqish va joriy etish ishlarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Узнать больше
Узнать больше
E-Obuna
“Obuna” yagona elektron platformasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-294-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan innovatsion yechimdir. Platforma O‘zbekistonda davriy nashrlar, kitoblar va boshqa bosma mahsulotlarga obuna tizimini modernizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.
Узнать больше
Узнать больше