UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Hech bir texnologiya insoniyat tarixini bekor qila olmaydi | Jorj Xeld, VEON AdTech bosh direktori

Ucast 06 Hammaga salom! Ucast siz bilan! Bugun bizning podkastimizda VEON AdTech bosh direktori Jorj Xeld. VEON AdTech kompaniyasi Digital and Performance marketing hamda zamonaviy reklama texnologiyalarini ishlab chiquvchi VEON kompaniyalar guruhining bir qismidir. Jorjning o‘zi esa Etisalat, Airtel, Forbes va VEON kabi dunyoning yetakchi texnologiya kompaniyalarida ilg‘or mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega haqiqiy raqamli sanoat mutaxassisi. Ushbu sonda VEON AdTech bosh direktori katta maʼlumotlar tahlili qanday ishlashini, Big Data nima uchun kichik biznes uchun foydali ekanligini, klassik statistika zamonaviy sunʼiy intellekt usullaridan qanday farq qilishini va odatiy maʼnoda marketing nima uchun endi ahamiyatli emasligini tushuntirib berdi. Eng qizig‘i: Jorj O‘zbekistonda qo‘liga ko‘p funksiyali chip o‘rnatilgan yagona odam. Bu nima va nima uchun - Ucastda ham. An’anaga ko‘ra, videorolik yakunida mehmonimiz tomoshabinlarga savol berdi.

Gallery

Hech bir texnologiya insoniyat tarixini bekor qila olmaydi | Jorj Xeld, VEON AdTech bosh direktori

19.03.2024