UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM Latviyada o‘tkazilgan SECURE ID FORUM 2025 xalqaro anjumanida ishtirok etdi

Tadbir raqamli identifikatsiya, biometriya va ma’lumotlar xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan.

18.04.2025

UZINFOCOM Latviyada o‘tkazilgan SECURE ID FORUM 2025 xalqaro anjumanida ishtirok etdi

Ishtirokchilar safida davlat idoralari, xalqaro mutaxassislar, texnologiya kompaniyalari hamda raqamli identifikatsiya sohasidagi yechimlar yetkazib beruvchilari bor edi.

Anjumanda UZINFOCOM eksport bo‘limi boshlig‘i Timur Miyassarov so‘zga chiqdi. U kompaniyaning loyihalari haqida ma’lumot berib, MyID ekotizimi va uning biometrik identifikatsiya mahsulotlariga alohida e’tibor qaratdi. Ushbu mahsulotlar O‘zbekistondagi aksariyat banklarda foydalanuvchilarni masofadan turib aniqlashni ta’minlash uchun muvaffaqiyatli joriy etilganligi ta’kidlandi.