UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Tizimli Integratsiya Tahlilchisi (System Integration Analyst)

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

28.01.2026

Условия работы

 

Vazifalar:

  • Integratsiya, so'rov xatolari, avtorizatsiya, parametrlar va muhitlar bo'yicha B2B-mijozlar murojaatlarini texnik tahlil qilish;

  • Hodisalar sabablarini chuqur o'rganish: faktlarni yig'ish, gipotezalarni tekshirish, "root cause"ni (integratsiya xatosi, konfiguratsiya, tizim cheklovlari yoki nuqson) aniqlash;

  • Muammolarni takrorlash (reproduction): nazorat so'rovlarini tuzish, Postman'da ssenariylarni tekshirish, parametrlarni solishtirish va muhitlar o'rtasidagi farqlarni tahlil qilish;

  • Loglar va so'rovlar treysingi bilan ishlash: Request/Correlation ID qidirish, vaqt, statuslar, parametrlar va javoblarni o'zaro taqqoslash;

  • Yakuniy yechim topilgunga qadar mijozlarga vaqtinchalik yechimlar va texnik tavsiyalar tayyorlash;

  • Dasturchilar uchun vazifalarni (tickets) shakllantirish: aniq tavsif, takrorlash qadamlari, kutilgan/haqiqiy natija, loglar, versiyalar va ustuvorlikni belgilash;

  • Dasturlash jamoasi va arxitektorlar bilan hamkorlik qilish: xato sabablarini aniqlashtirish, tuzatishlarni (fix) tekshirish va yechimni tasdiqlash;

  • Relizlarni test qilishda va yangilanishlardan oldin/keyin tekshiruvlarda ishtirok etish (asosiy integratsiya ssenariylari bo'yicha smoke/regression testlar);

  • Bilimlar bazasini yuritish va rivojlantirish: keyslarni hujjatlashtirish, diagnostika daraxti, teglar va yechimlarni kiritib borish;

  • L1 qo'llab-quvvatlash jamoasiga metodik yordam berish: diagnostika qilishda ko'maklashish va eskalatsiyalar sifatini nazorat qilish;

  • Tizimni takomillashtirish talablarini aniqlashtirishda ishtirok etish: tafsilotlarni yig'ish va dasturchilar uchun tushunarli texnik topshiriqlarni (User Story/AC) shakllantirish.

Talablar:

  • Quyidagi rollardan birida 3 yildan ortiq tajriba: L2 Support (integratsiya), tizim tahlilchisi, QA Analyst, API/SDK bo'yicha texnik maslahatchi yoki Integration Engineer;

  • Mijoz-server arxitekturasi va tizimlarni integratsiya qilish tamoyillarini chuqur tushunish;

  • REST API va HTTP ni mukammal bilish:

    • Metodlar (GET/POST/PUT/DELETE);

    • Status kodlari (400/401/403/404/409/422/429/500);

    • Headers/Body/Query params;

    • Tokenlar/imzolar/avtorizatsiya (bazaviy darajada);

  • Postman (yoki analoglari) bilan ishlash bo'yicha amaliy tajriba: kolleksiyalar, environment variables, so'rovlarni takrorlash va javoblarni tahlil qilish;

  • Loglar orqali diagnostika qilish ko'nikmalari:

    • Request ID/Correlation ID qidirish;

    • Hodisalarni vaqt bo'yicha xronologik taqqoslash;

    • Xatoning asosiy belgilarini ajratib olish;

  • Tarmoq o'zaro hamkorligi asoslarini tushunish: HTTPS, taymautlar, DNS, aloqa kanali muammolari, Proksi/VPN (diagnostika darajasida);

  • Bazaviy SQL (SELECT, WHERE, JOIN ma'lumotlarni o'qish/tekshirish darajasida);

  • Jira bilan ishlash tajribasi: vazifalarni yuritish, statuslar, ustuvorlikni belgilash va dasturchilar uchun vazifani savodli yozish;

  • Confluence yoki boshqa KB-tizimlari bilan ishlash: bilimlarni tizimlashtirish va dolzarb saqlash;

  • Texnik matnlarni yozish qobiliyati: aniq, tizimli va takrorlanuvchan (qadamlar, shartlar, kirish/chiqish ma'lumotlari).

Biz nima taklif etamiz:

  • Ish tartibi: haftada 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;

  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta'tili;

  • Qat'iy dress-kod yo'q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni o'zgartirishga intilamiz;

  • Bilim va tajriba almashishga tayyor bo'lgan kuchli mutaxassislar jamoasi;

  • Aholi turmush darajasini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va ahamiyatli loyihalarda ishtirok etish;

  • Mustaqil qaror qabul qilish va kompaniya rivojiga faol hissa qo'shish uchun keng imkoniyatlar.

Заинтересованы в вакансии?

Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы