Biznes tahlilchi
Условия работы
UZINFOCOM butun sanoat tarmog‘ini raqamlashtirish bo‘yicha yirik loyihada ishtirok etish uchun biznes tahlilchilarni izlamoqda.
Vazifalar:
-
Biznes jarayonlarini tahlil qilish va IT yechimlariga bo‘lgan talablarni aniqlash;
-
Biznes talablariga asoslangan texnik topshiriqlar va spetsifikatsiyalarni ishlab chiqish;
-
Ishlab chiqish jamoasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan yechimlarning aniqligi va to‘liqligini ta’minlash;
-
Bozor tadqiqotlari va raqobatchilar tahlilini o‘tkazish orqali eng yaxshi amaliyotlar va tendentsiyalarni aniqlash;
-
Dasturchilar, sinovchilar va loyiha menejerlari kabi turli jamoalar bilan loyihalar ustida ishlashni muvofiqlashtirish;
-
Ishlab chiqilgan yechimlarning biznes maqsadlari va talablariga mos kelishini ta’minlash;
-
A/B testlarini o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish orqali jarayonlar va yechimlarni optimallashtirish;
-
Loyiha va jarayonlar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash.
Talablar:
-
Axborot texnologiyalari sohasida biznes tahlili bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba;
-
BPMN, UML, User Stories, Use Cases kabi biznes tahlili usullari va vositalarini bilish;
-
Talablarni boshqarish tizimlari bilan ishlash tajribasi (masalan, JIRA, Confluence);
-
Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar yaratish ko‘nikmalari;
-
Loyiha boshqaruvi asoslarini bilish va Agile hamda Scrum metodologiyalari bilan ishlash tajribasi;
-
Gipotezalarni ilgari surish va ularni tajribalar va ma’lumotlar tahlili orqali tekshirish qobiliyati;
-
Yuqori darajadagi shaxslararo muloqot ko‘nikmalari va jamoada ishlash qobiliyati;
-
Ingliz va rus tillarini professional darajada bilish.
Bizlar nima taklif etamiz:
-
Ish grafigi: haftasiga 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik ta’til beriladi;
-
Qattiq kiyinish qoidalari yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni buzishga intilamiz;
-
Bilim va tajriba bilan o‘rtoqlashishga tayyor professionallar jamoasida ishlash;
-
Aholi hayotini yaxshilash va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatish uchun keng imkoniyatlar.
Yangi cho‘qqilarni birgalikda zabt etish uchun sizni jamoamizga taklif qilamiz!
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы