Frontend dasturchi (Angular)
Ish sharoitlari
UZINFOCOM da ishlash — bu yuqori darajadagi professionallar jamoasiga qoʻshilish, bebaho tajriba orttirish va yangi doʻstlar topish uchun ajoyib imkoniyat.
Sizning vazifalaringiz:
-
Yangi loyihalar arxitekturasini yaratishda ishtirok etish.
-
Ilovaning foydalanuvchi ko'radigan qismini (frontend) ishlab chiqish.
-
Mavjud loyihalarni takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash.
-
Ilovalarni yuqori yuklamalarga moslab optimallashtirish, masshtablash va tizimdagi zaif nuqtalarni aniqlash.
-
Tashqi servislar va API'lar bilan integratsiya qilish.
Bizning talablarimiz:
-
Zamonaviy va yuqori yuklamali veb-loyihalarni loyihalash hamda ishlab chiqish boʻyicha tasdiqlangan tajriba.
-
HTML, CSS (SCSS, Tailwind CSS, Grid, Flexbox, Adaptiv/Responsiv dizayn, Krossbrauzerlik) bilan professional darajada ishlash.
-
Angular freymvorki bilan chuqur ishlash tajribasi.
-
REST API, JSON va JWT bilan ishlash tajribasi.
-
JavaScript va TypeScript tillarini mukammal bilish.
-
SOLID va OOP tamoyillarini chuqur tushunish.
-
TDD testlash jarayonlari va vositalarini tushunish.
-
CI/CD tamoyillari va Docker yordamida ishlash tajribasi.
-
Git bilan ishlash boʻyicha tajriba.
Biz nima taklif qilamiz:
-
Noyob arxitekturaga ega, davlat miqyosidagi yirik va qiziqarli loyihalarda ishtirok etish.
-
Turli formatdagi koʻngilochar timbildinglar.
-
Oʻzbekiston boʻylab va xorijga xizmat safarlari.
-
Barqaror ish tartibi: dushanbadan jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha.
-
O‘zR Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish va 28 kalendar kunlik haq toʻlanadigan yillik mehnat taʼtili.
-
Qatʼiy dress-kodning yoʻqligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yoʻq qilish tarafdorimiz.
-
Oʻz bilim va tajribasi bilan boʻlishishga doim tayyor boʻlgan kuchli professionallar jamoasi.
-
Aholi hayotini yaxshilashga va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik loyihalarga oʻz hissangizni qoʻshish imkoniyati.
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga bevosita taʼsir koʻrsatish uchun keng vakolatlar.
-
Sohangiz boʻyicha malaka oshirish kurslari xarajatlari kompaniya tomonidan qoplanishi.
Vakansiyaga qiziqdingizmi?
Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing