UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Java Dasturchi

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

29.10.2025

Ish sharoitlari

Vazifalar:

  • Mikroservislar uchun yangi funksionallikni ishlab chiqish (REST API, biznes mantiq, tranzaksiyalar).

  • Servislarni PostgreSQL/PostGIS va boshqa tashqi tizimlar bilan integratsiya qilish.

  • ORM (Hibernate, Spring Data JPA) freymvorklari bilan ishlash.

  • Mavjud kodni optimallashtirish va refaktoring qilish.

  • Mavjud mikroservislarni qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish.

  • Servislar uchun log yuritish va monitoring tizimlarini sozlash.

  • Dastur kodining sifati va barqarorligini ta’minlash.

Talablar:

  • Java 17+ tilini puxta bilish; OOP, kolleksiyalar, potoklar (concurrency) va strimlar prinsiplarini chuqur tushunish.

  • REST API va mikroservislar yaratish uchun Spring Boot bilan ishlash tajribasi.

  • Autentifikatsiya va avtorizatsiyani joriy etish uchun Spring Security / JWT texnologiyalarini bilish.

  • Spring Data JPA / Hibernate bilan ishlash, jumladan so‘rovlarni optimallashtirish va EntityManager’dan foydalanish.

  • PostgreSQL / PostGIS bilan ishlash tajribasi: sxemalarni loyihalash, indekslash, tranzaksiyalar va geo-ma’lumotlar.

  • Keshlashtirish va pub/sub uchun Redis’dan foydalana olish.

  • Mikroservislarni konteynerlash va joylashtirish (deploy) uchun Docker bilan ishlash tajribasi.

  • Maven yoki Gradle kabi loyiha yig‘uvchi vositalarni bilish.

  • Versiyalarni boshqarish tizimlari Git (GitLab/GitHub) bilan ishlash mahorati.

  • Loyiha andozalari (design patterns) va SOLID, DRY, KISS tamoyillarini yaxshi bilish.

  • JUnit va Testcontainers yordamida integratsion testlash tajribasi.

  • HTTP, CORS va WebSocket protokollarining ishlash tamoyillarini tushunish.

  • Logging: SLF4J, Logback, ELK Stack (Elasticsearch, Logstash, Kibana) yoki Graylog bilan ishlash tajribasi.

  • Monitoring: Prometheus + Grafana, Micrometer, Spring Boot Actuator’ni sozlash tajribasi.

  • Ingliz tili: Texnik hujjatlarni o‘qib tushunish darajasida.

Biz taklif nima qilamiz:

  • Ish jadvali: To‘liq ish kuni, haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha.

  • Rasmiy ishga joylashish: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga to‘liq muvofiqlik, 28 kalendar kunlik haq to‘lanadigan ta’til.

  • Erkin muhit: Qat’iy dres-kod yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo'q qilmoqdamiz.

  • Kuchli jamoa: O‘z bilim va tajribasi bilan bo‘lishishga doim tayyor bo‘lgan professional mutaxassislar jamoasida ishlash imkoniyati.

  • Muhim loyihalar: Aholi hayotini yaxshilashga va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik loyihalarda ishtirok etish.

  • Mustaqillik: Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojlanishiga bevosita hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar.

  • Xalqaro hamkorlik: Yetakchi xalqaro ekspertlar va tashkilotlar bilan yaqin aloqada ishlash.

Vakansiyaga qiziqdingizmi?

Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing