Kontent-menejer / Muharrir
Ish sharoitlari
O‘zbekiston aholisi uchun muhim raqamli loyihalardan biri bo‘lgan my.gov.uz portalini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan iqtidorli mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Vazifalar:
-
Portal va mobil ilovalar uchun matnlarni (yangiliklar, yo‘riqnomalar, maslahatlar, bildirishnomalar) yozish va tahrirlash.
-
Kontentni o‘zbek, rus va ingliz tillariga sifatli tarjima qilish va moslashtirish.
-
Mavjud matnlarni mazmun va imlo jihatidan tekshirish, tahrirlash va takomillashtirish.
-
Loyiha bo‘yicha texnik hujjatlarni yaratish va doimiy yangilab borish.
-
Butun platformada yagona uslub, ohang va terminologiyani ta’minlash.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
-
Filologiya, jurnalistika yoki tegishli sohada oliy ma’lumotga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi.
-
Matn bilan ishlash bo‘yicha tasdiqlangan tajriba (kopirayter, muharrir, jurnalist).
-
Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (og‘zaki va yozma savodxonlik). Ingliz tilini kamida Upper-Intermediate (B2) darajasida bilish.
-
Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va mayda detallarga e'tiborli bo‘lish.
-
Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajara olish va qisqa muddatlarda samarali ishlash qobiliyati.
Biz nima taklif qilamiz:
-
Ish grafigi: 5 kunlik ish haftasi, dushanbadan jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha.
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga to‘liq muvofiq rasmiylashtirish va 28 kalendar kunlik yillik mehnat ta'tili.
-
Qat'iy drees-kodning yo'qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi qoliplarni buzish tarafdorimiz.
-
O‘z bilim va tajribasi bilan bo‘lishishga doim tayyor bo‘lgan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash imkoniyati.
-
Aholi turmush darajasini yaxshilashga va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik loyihalarda ishtirok etish.
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojlanishiga bevosita hissa qo'shish uchun keng imkoniyatlar.
Jamoamizga qo'shiling va birgalikda yangi marralarni zabt etaylik
Vakansiyaga qiziqdingizmi?
Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing