Ma'lumotlar tahlilchisi (Data Analyst)
Work Conditions
Biz kodni toza va samarali yozadigan, murakkab ma’lumotlar tuzilmasini tushunadigan tajribali Data Analyst qidiryapmiz. Bu lavozim tahlil va dasturlashning kesishgan nuqtasida joylashgan — siz nafaqat hisobotlar tayyorlaysiz, balki data infratuzilmasini yaratish, tahliliy jarayonlarni avtomatlashtirish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashda ham faol ishtirok etasiz.
Vazifalar:
-
Python va SQL yordamida tahliliy skriptlar yozish va ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash;
-
Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash: murakkab SQL so‘rovlarini yozish, ularni optimallashtirish;
-
ETL jarayonlarini yaratish va data pipeline-larni qo‘llab-quvvatlash;
-
Tahliliy boshqaruv panellari (dashboard) tuzish va muntazam hisobotlarni tayyorlash;
-
Analitikani korporativ tizimlarga integratsiya qilish (API yoki ichki modullar orqali);
-
Backend va frontend dasturchilar jamoalari bilan hamkorlikda ishlash.
Talablar:
-
Python dasturlash tilida mustahkam bilim (ayniqsa: pandas, numpy, sqlalchemy, airflow — afzallik hisoblanadi);
-
SQL bo‘yicha mukammal bilim: CTE, oynaviy funksiyalar, so‘rovlarni optimallashtirish;
-
ETL jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tajriba;
-
PostgreSQL / MS SQL / ClickHouse / BigQuery’dan bir yoki bir nechtasi bilan ishlash tajribasi;
-
Data warehouse va data lake arxitekturasini tushunish;
-
Texnik hujjatlarni o‘qish va yozish ko‘nikmalari.
Afzallik bo‘ladigan jihatlar:
-
CI/CD, Git, Docker kabi texnologiyalarni bilish;
-
Power BI, Tableau, Metabase kabi BI vositalari bilan ishlash tajribasi;
-
ERP, CRM kabi korporativ tizimlar bilan ishlash prinsiplarini tushunish;
-
A/B testlar o‘tkazish va statistik tahlil qilish ko‘nikmalari.
Bizlar nima taklif etamiz:
-
Raqobatbardosh ish haqi;
-
Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
-
Korporativ tadbirlar va bonuslar;
-
Masofadan ishlash imkoni mavjud.
Interested in this Vacancy?
Be sure to familiarize yourself with the duties and working conditions before responding to the job posting