Loyiha menejeri (AI loyihalar boʻyicha)
Условия работы
«Yagona integrator UZINFOCOM» Muxlisa AI mahsuloti uchun tajribali va gʻayratli loyiha menejerini ishga taklif qiladi.
Muxlisa AI — sunʼiy intellekt va mashinaviy oʻqitishga asoslangan innovatsion mahsulotdir. Biz sohani oʻzgartirishga qodir ilgʻor yechimlarni ishlab chiqish uchun eng yaxshi mutaxassislarni birlashtirmoqdamiz.
Sizning vazifangiz AI sohasidagi loyihalarning hayotiy siklini boshqarish va turli funksiyalarni bajaruvchi jamoalar ishini muvofiqlashtirishdan iborat boʻladi.
Vazifalar:
-
Loyiha yoʻl xaritasini (roadmap) ishlab chiqish, vazifalarni belgilash, muddat va resurslarni baholash;
-
Turli jamoalar (ML-muhandislar, dasturchilar, QA, dizaynerlar, tahlilchilar) ishini Agile/Scrum/Kanban metodologiyalari asosida muvofiqlashtirish;
-
Asosiy bosqichlarning bajarilishini nazorat qilish, koʻrsatkichlarni (velocity, burn-down, KPI/OKR) kuzatib borish;
-
Jamoa, buyurtmachilar va manfaatdor tomonlar bilan kundalik aloqada boʻlish;
-
Loyiha hujjatlarini (texnik topshiriqlar, user stories, jarayon diagrammalari) ishlab chiqish va yuritish;
-
Natijalarni tahlil qilish va baholash, loyiha jarayoni haqida hisobotlar tayyorlash.
Talablar:
-
Loyiha boshqaruvida 2 yildan ortiq ish tajribasi (AT yoki AI sohasida bo‘lsa, afzallik hisoblanadi);
-
Texnika yoki loyiha boshqaruvi sohasida oliy maʼlumot;
-
Loyiha boshqaruvi vositalarini (Jira, Confluence) mukammal bilish;
-
Agile/Scrum/Kanban metodologiyalarida ishlash tajribasi;
-
Dasturiy taʼminot ishlab chiqishning texnik jihatlari (API, CI/CD, maʼlumotlar bazasi) hamda ML/AI terminologiyasi (modellar, maʼlumotlar toʻplami, inference, fine-tuning) boʻyicha asosiy tushunchalarga ega boʻlish;
-
Maʼlumotlarni tahlil qilish koʻnikmalari (Excel, Google Sheets, boshlangʻich darajada SQL);
-
Muloqot qilish qobiliyatining yuqori darajasi va turli funksiyalarni bajaruvchi jamoalar bilan ishlay olish;
-
Kuchli tashkilotchilik qobiliyati va noaniqlik sharoitida ishlay olish;
-
Stressga chidamlilik, moslashuvchanlik, tanqidiy fikrlash va oʻzgaruvchan muhitda tez qaror qabul qila olish;
-
Jamoani ruhlantira olish va yigʻilishlarni samarali oʻtkazish (fasilitatsiya) kabi yetakchilik qobiliyatlari.
Biz nima taklif etamiz:
-
Ish grafigi: haftada 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;
-
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish va 28 kalendar kunlik mehnat taʼtili;
-
Qat’iy dres-kodning yo‘qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo‘q qilishni maqsad qilganmiz;
-
Bilim va tajribalari bilan boʻlishishga tayyor boʻlgan kuchli professional jamoada ishlash imkoniyati;
-
Aholi hayotini yaxshilashga hamda mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;
-
Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojlanishiga bevosita hissa qoʻshish uchun keng imkoniyatlar.
Заинтересованы в вакансии?
Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы