UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Loyiha menejeri

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

24.06.2025

Ish sharoitlari

UZINFOCOM tarkibidagi UTECH kompaniyasi mahalliy bozordagi yirik loyihalar uchun loyiha menejerini qidirmoqda.

Vazifalar:

  • Uskunalarni sotish bo‘yicha loyihalarni to‘liq boshqarish (tashabbus, rejalashtirish, bajarish, nazorat, yakunlash);

  • Loyiha jamoalarini shakllantirish va boshqarish;

  • Ish jadvalini tuzish, muddati va byudjetini nazorat qilish;

  • Vazifalarni qo‘yish va bajarilishini kuzatish;

  • Loyihaga oid hujjatlarni yuritish;

  • O‘zgarishlar va xavflarni boshqarish;

  • Uchrashuvlar, taqdimotlar va manfaatdor tomonlar uchun hisobotlar tashkil etish;

  • Buyurtmachilar bilan samarali aloqa, ehtiyoj va vazifalarni tushunish, doimiy hisobot berish;

  • Barcha tomonlar o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlash, kelishmovchiliklarni hal qilish va mijoz kutgan natijalarni boshqarish;

  • Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning belgilangan standart va mijoz kutgan darajada bo‘lishini ta’minlash, fikr-mulohaza olish jarayonini tashkil etish.

Talablar:

  • Uskunalar savdosi sohasida tajriba va sohaga chuqur tushuncha;

  • Rejalashtirish, byudjetlashtirish va risklarni boshqarish ko‘nikmalari;

  • Jamoada ishlay olish, e’tiborli, mijozlar bilan ishlash tajribasiga ega, tashabbuskor va tartibli bo‘lish;

  • Kamida 2 yillik loyiha boshqaruvi tajribasi (IT sohasida bo‘lsa afzallik hisoblanadi);

  • Bir nechta loyihalarni bir vaqtda boshqarish qobiliyati;

  • Yaxshi muloqot va yetakchilik ko‘nikmalari;

  • Mas’uliyat, o‘zini o‘zi tashkil eta olish, natijaga yo‘naltirilganlik;

  • Rus va o‘zbek tillarini bilish; ingliz tili afzallik hisoblanadi.

Bizlar nima taklif etamiz:

  • Ish vaqti: haftada 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;

  • Qattiq kiyinish qoidalari yo‘q — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo‘q qilishga intilamiz;

  • Bilim va tajriba bilan o‘rtoqlashishga tayyor kuchli jamoada ishlash;

  • Aholi hayot sifatini yaxshilash va mamlakatdagi yirik korxonalarda biznes jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan muhim loyihalarda ishtirok;

  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari.

Vakansiyaga qiziqdingizmi?

Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing