Tizim tahlilchisi
Ish sharoitlari
Majburiyatlar:
- Dasturchilar uchun vazifalarni belgilash;
- Talablarni ishlab chiqish (tizimni modellashtirish ham shu jumladan);
- Integratsiyalarni loyihalash va tavsiflash (REST API, brokerlar);
- Loyiha yechimlarini hujjatlashtirish;
- Qabul qilish sinovlari;
- Jarayonlarni modellashtirish;
- Joriy etish, o‘qitish va qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish;
- Ma’lumotlar bazasini loyihalash;
- Arxitekturani loyihalash;
- Texnik topshiriqni tayyorlashda qatnashish.
Talablar:
- Jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha talablarni tizimli tarzda shakllantira olish;
- Noaniq talablar asosida ishlay olish;
- Foydalanuvchi ssenariylarini tavsiflash tajribasi;
- Nofunksional talablarni aniqlash va to‘plash tajribasi;
- Yechimlar uchun ma’lumotlar modeli va holat modelini ishlab chiqish tajribasi;
- Ketma-ketlik va ERD diagrammalarini chizish tajribasi;
- Sinxron integratsion o‘zaro aloqani ishlab chiqish tajribasi (REST API, SOAP);
- Relyatsion ma’lumotlar bazalari bilan ishlash tajribasi (o‘rta murakkablikdagi SQL so‘rovlarini tuzish);
- Arxitektor bilan hamkorlikda yechimlar arxitekturasini ishlab chiqish tajribasi;
- Murakkab vazifalarni qismlarga ajratish tajribasi;
- Kompleks masalalarni dekompozitsiyalash tajribasi;
- Relizlarga ilova qilinadigan hujjatlarni tayyorlash tajribasi;
- XML/XSD, JSON/JSON-Schema ma’lumot almashish formatlarini bilish;
- Jira va Confluence dasturlaridan foydalana olish;
- Tizimlararo munosabatlarni sinovdan o‘tkazish vositalari (Swagger UI, UX, Postman, Kafkatool) hamda web/mobil dasturlash asoslarini tushunish;
- Farazlarni shakllantirish va tekshirish qobiliyati;
- Muloqotda yuqori mahorat, diplomatik va xushmuomalalik, ham biznes-buyurtmachilar, ham dasturchilar bilan umumiy til topish qobiliyati;
- Tahliliy fikrlash, tafsilotlarga e’tiborli bo‘lish;
- Mustaqil qaror qabul qilish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorlik;
- Tashabbuskorlik, o‘zgarishlarga moslashuvchanlik, biznesga yo‘naltirilganlik;
- Yetakchilik xususiyatlari va tanqidiy fikrlash qobiliyati.
Bizlar nima taklif etamiz:
- Ish vaqti: haftasiga 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish;
- Yiliga kamida 28 kunlik haq to‘lanadigan ta’til;
- Qat’iy kiyinish qoidalarining yo‘qligi - biz davlat tashkilotlari haqidagi andozalarni o‘zgartirishga intilamiz;
- Bilim va tajriba almashishga tayyor bo‘lgan kuchli professionallar jamoasida ishlash;
- Mamlakatning yetakchi korxonalarida aholi hayotini yaxshilash uchun xizmatlarni yaratish va biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;
- Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta’sir ko‘rsatish uchun keng imkoniyatlar.
- Yangi marralarni birgalikda zabt etish uchun sizni jamoamizda kutamiz!
Vakansiyaga qiziqdingizmi?
Vakansiyaga ariza berishdan oldin majburiyatlar va ish sharoitlari bilan tanishib chiqing