UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Texnik Qo'llab-quvvatlash Muhandisi / Kichik Tizim Administratori

To'liq bandlik

3-6

Bosh ofis

25.04.2025

Условия работы

Majburiyatlar:

  • Asosiy axborot tizimlari, serverlar va tarmoq resurslarining mavjudligi va ishlash qobiliyatini monitoring qilish;

  • Insidentlarga tezkor javob berish, texnik muammolarni SLA (Xizmat ko'rsatish darajasi to'g'risidagi kelishuv)ga muvofiq qayd etish va bartaraf etish;

  • Help Desk tizimi orqali foydalanuvchi murojaatlari bilan ishlash: ro'yxatga olish, tasniflash, eskalatsiya qilish, muammolarni hal etish;

  • Mijozlarning server uskunalariga xizmat ko'rsatish (stoykalarga montaj/demontaj qilish, diagnostika, dastlabki ko'rik);

  • Mijoz uskunalari uchun tarmoq sozlamalari bo'yicha ishlarni bajarish: portlarni, VLAN'larni sozlash, IP-manzillarni berish va hisobini yuritish;

  • Linux boshqaruvidagi serverlarni o'rnatish va dastlabki sozlash;

  • Mijozlarning veb-xostingini qo'llab-quvvatlash, boshqaruv panellari (masalan, cPanel, Plesk) bilan ishlash, kontentning ko'rinishi bilan bog'liq muammolarni hal qilish;

  • Co-location va virtual serverlarni ijaraga berish xizmatlarini texnik qo'llab-quvvatlash, joylashtirilgan uskunalarni hisobga olish.

Talablar:

  • Texnik qo'llab-quvvatlash xizmatida yoki tizim administratori sifatida 1 yildan ortiq ish tajribasi;

  • Monitoring tizimlari (masalan, Zabbix, Prometheus) va Help Desk platformalari (masalan, GLPI, OTRS, Freshdesk) bilan ishonchli ishlash ko'nikmalari;

  • IT-infratuzilmasini qurish prinsiplarini yaxshi tushunish: serverlar, kommutatorlar, VLAN, IP-manzillar bilan ishlash;

  • Server uskunalarini montaj qilish, o'rnatish va ularga xizmat ko'rsatish ko'nikmalari (shu jumladan mijozlarning boshqa jismoniy serverlari);

  • Tarmoq interfeyslarini sozlash hamda tarmoq resurslarini (portlar, IP-manzillar, VLAN'lar) boshqarish tajribasi;

  • Linux oilasiga mansub operatsion tizimlarni (masalan, Debian, Ubuntu, Rocky Linux) bazaviy o'rnatish va sozlash ko'nikmalari;

  • Veb-xosting boshqaruv panellari (masalan, ISPmanager, cPanel, Plesk) bilan ishlash bo'yicha bilim va tajriba;

  • Pochta xizmatlarining ishlash prinsiplari va keng tarqalgan dasturlar (masalan, Postfix, Dovecot) bo'yicha bazaviy bilimlar;

  • Og'zaki va yozma nutqning ravonligi, mijozlarga texnik jihatlarni xushmuomalalik bilan va tushunarli tarzda tushuntira olish qobiliyati;

  • Mas'uliyatlilik, punktuallik, navbatchilikda ishlashga va SLA reglamentlariga rioya qilishga tayyorlik.

Bizlar nima taklif etamiz:

  • Ish jadvali: Haftasiga 5 kun, 09:00 dan 18:00 gacha;

  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish, 28 kalendar kunlik mehnat ta'tili;

  • Qat'iy drees-kodning yo'qligi — biz davlat tashkilotlari haqidagi stereotiplarni yo'q qilishga intilamiz;

  • Bilim va tajriba almashishga tayyor bo'lgan kuchli professional jamoada ishlash;

  • Aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan xizmatlarni yaratish va mamlakatning yetakchi korxonalarida biznes jarayonlarini optimallashtirishga yo'naltirilgan yirik va muhim loyihalarda ishtirok etish;

  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va kompaniya rivojiga faol ta'sir ko'rsatish uchun keng imkoniyatlar.

Заинтересованы в вакансии?

Перед откликом на вакансию, обязательно ознакомьтесь с обязанностями и условиями работы