2025-yil 25-fevralda Oliy biznes va tadbirkorlik maktabining “Rahbar ayollar maktabi” o'quv dasturi doirasida 100 nafar ishtirokchi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurishdi.
Ular uchun vazirning birinchi o'rinbosari Oleg Pekos, vazir maslahatchisi Kamola Sobirova va UZINFOCOM strategik rivojlanish bo'yicha direktori Dildora Tursunova ma'ruzalar o'qishdi.