O‘zbekistonlik bir guruh davlat xizmatchilari, jumladan, UZINFOCOM xodimlari Vengriyada malaka oshirishdi.
Ushbu malaka oshirish dasturi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Vengriyaning "Ludovika" Davlat xizmati universiteti bilan hamkorlikda hamda GIZning "Samarali davlat boshqaruvi" loyihasi yordamida tashkil etildi.