UZINFOCOM sanoatni raqamlashtirish departamenti xodimlari konchilik sanoati uchun texnologiyalarning yetakchi jahon yetkazib beruvchilaridan biri bo'lgan Datamine kompaniyasi rahbariyati bilan ishchi uchrashuv o'tkazdilar.
Datamine Software geologik qidiruv, resurslarni modellashtirish, kon ishlarini rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarish, logistika va marketing uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan.