Bugun Toshkentda 2 kunlik xalqaro kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo (CSS 2024) boshlandi.
Tadbirning maqsadi kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb tahdidlar va muammolarni muhokama qilish, so'nggi texnologiyalar va himoya strategiyalari bilan tanishish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda mintaqada raqamli xavfsizlikni ta’minlash uchun eng yaxshi amaliyotlarni joriy etishdan iborat.