UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

.UZ domen ma’muriyati ArmIGF 2024 doirasida domen nomlari uchun NFT sertifikatlari texnologiyasini taqdim etdi

2024 yil 5-noyabr kuni Armanistonda bo‘lib o‘tgan Internet boshqaruvi forumi (ArmIGF) doirasida

06.11.2024

.UZ domen ma’muriyati ArmIGF 2024 doirasida domen nomlari uchun NFT sertifikatlari texnologiyasini taqdim etdi

.

 

UZ domen ma’muriyati vakillari ccTLD (yuqori darajali milliy domenlar)ga bag‘ishlangan sessiyada qatnashib, domen nomlari uchun NFT sertifikatlarini joriy etishga qaratilgan innovatsion loyiha bilan chiqish qildilar.

NFT sertifikati – bu domen nomiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi raqamli sertifikat bo‘lib, domenning egaligini kafolatlaydi va undan foydalanish huquqini butun ro‘yxatga olish muddati davomida ta’minlaydi. Texnologiya blokcheynda raqamli iz yaratadi, bu esa domen nomini uning egasi bilan bog‘laydi va xavfsizlik hamda huquqiy himoyani kafolatlaydi.