Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan ICANN81 Annual General Meeting asosiy tadbiri doirasida
.UZ domeni ma'muriyati vakillari ICANN tashkilotining ccNSO kengashi raisi Alejandra Reynoso hamda kengash raisining o‘rinbosarlari Jordan Karter va Biyi Oladipo bilan samarali uchrashuv o‘tkazdilar.
Ma'lumot uchun: ccNSO (Country Code Names Supporting Organization) – bu ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers – Domen nomlari va IP-manzillarni boshqarish korporatsiyasi) doirasidagi qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot bo‘lib, mamlakat kodlari yuqori darajadagi domenlar (ccTLD – Country Code Top-Level Domains) bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuv davomida .UZ domeni ma'muriyati vakillari domenlarni boshqarish imkoniyatlarini optimallashtirish va kengaytirish uchun sun’iy intellekt (AI) va blokcheyn asosida yaratilgan hozirgi yutuqlari va tashabbuslarini taqdim etdilar.