UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Ucast 14

IT-texnologiyalar Toshkentda ko‘chmas mulkni qanday arzonlashtiradi

28.11.2024

Ucast 14

Ucastning yangi sonida ikkita mehmon ishtirok etmoqda:

  • Andrey Sodiqov, Realtingning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy rahbari (Realting. uz);
  • Aleksandr Martinenko, Realt. by va xalqaro Realting. com platformasi asoschisi.

Realting va Realt.by — bu Booking, Airbnb va "Tsian"ga o‘xshash inqilobiy IT-yechimlar bo‘lib, ular ko‘chmas mulkni sotib olish, sotish va ijaraga berishni ancha osonlashtirdi va qulaylashtirdi.

Ushbu sonda biz quyidagi masalalarni muhokama qildik:

  • Raqamli platformalar ko‘chmas mulkni sotib olish va sotishga bo‘lgan yondashuvni qanday o‘zgartirmoqda;
  • Texnologiyalashtirish nima uchun foydalanuvchilar, rieltorlar va qurilish kompaniyalari uchun foydali;
  • O‘zbekistonda bozorni raqamlashtirish uy-joy narxlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
  • Toshkentda va umuman mamlakatda ko‘chmas mulk bozorida qanday vaziyat yuzaga kelmoqda.