Joriy hafta Toshkent va Nukus shaharlaridagi UZINFOCOM ofislariga Vyetnamning yetakchi IT-kompaniyasi FPT Corporation delegatsiyas
hamda Osiyo va Yevropa madaniyati va ta’limini saqlash va rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik aksiyadorlik jamiyati vakili tashrif buyurdi.
FPT Corporation — Vyetnamning eng yirik IT-kompaniyasi bo‘lib, 1998-yilda tashkil etilgan va 70 mingdan ortiq xodimga ega. Uning vakolatxonalari dunyoning 19 davlatida joylashgan bo‘lib, IBM, Microsoft, Oracle, Siemens va Amazon kabi kompaniyalar hamkorlari qatoriga kiradi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlari, tajriba va g‘oyalar almashinuvi muhokama qilindi. Ishtirokchilar birgalikdagi innovatsion loyihalar istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar va kelajakdagi rivojlanish uchun strategik yo‘nalishlarni muhokama qildilar.