UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muhokamaning asosiy mavzusi kontratseptiv dori vositalarini birlamchi tibbiyot muassasalariga tarqatish jarayonini raqamlashtirish va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish borasidagi hamkorlikni davom ettirish bo‘ldi.

02.12.2024

UZINFOCOM BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar kontratseptiv vositalarni taqsimlash tizimini avtomatlashtirish bo‘yicha erishilgan natijalarni batafsil ko‘rib chiqdilar va yetkazib berishni nazorat qilish samaradorligini oshirish uchun uni modernizatsiya qilish zarurligini ta’kidladilar. Bundan tashqari, raqamlashtirish jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda grant mablag‘larini jalb qilish va tibbiyot xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni 2025-yil boshida rivojlantirish rejalashtirilmoqda.