UZINFOCOM 10-13 dekabr kunlari
"O‘zekspomarkaz"da bo‘lib o‘tayotgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbir sanoat sohasini rivojlantirish, mamlakatimizning yirik sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
UZINFOCOM uchun bu biznesni raqamli o‘zgartirishga qaratilgan o‘z yechimlari va xizmatlarini taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ajoyib imkoniyatdir.