UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Bugun UZINFOCOM kompaniyasiga turli sohalarda ilg'or texnologik yechimlarni ishlab chiquvchi IT-kompaniyalar uyushmasi – RUSSOFT assotsiatsiyasi vakillari tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollari hamda raqamlashtirish, geoanalitika, kiberxavfsizlik, fintex, bulutli texnologiyalar va e-commerce sohalariga innovatsion IT-mahsulotlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

31.01.2025

Bugun UZINFOCOM kompaniyasiga turli sohalarda ilg'or texnologik yechimlarni ishlab chiquvchi IT-kompaniyalar uyushmasi – RUSSOFT assotsiatsiyasi vakillari tashrif buyurdi.

Ishtirokchi kompaniyalar quyidagi asosiy yo'nalishlarda o'z yechimlarini taqdim etdi:

  • Raqamlashtirish va tizimli integratsiya – sanoat, energetika va davlat boshqaruvi uchun innovatsion yechimlar.
  • Geoanalitika – ma'lumotlarni tahlil qilish va shahar infratuzilmasini rivojlantirish uchun platformalar.
  • Kiberxavfsizlik – axborotni monitoring qilish, nazorat qilish va himoya qilish texnologiyalari.
  • Moliyaviy texnologiyalar – billing tizimlari va fintex uchun yechimlar.
  • Bulutli texnologiyalar va telekom – Wi-Fi tarmoqlarini boshqarish, xavfsiz videokonferensiyalar va shaxsiy bulutli saqlash xizmatlari.
  • E-commerce – savdo maydonchalari (marketpleyslar), ko'p kanalli marketing va onlayn savdoni avtomatlashtirish.
  • Media va teleradioeshittirish – efir va kontentni boshqarish uchun intellektual tizimlar.

 

Uchrashuv samarali ruhda o'tdi va biz ishonchimiz komilki, ushbu aloqalar istiqbolli hamkorlik va yangi raqamli yechimlarni joriy etish uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi!