O‘zbekiston va Yaponiya: IT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatorini qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlarni yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda masofaviy xizmatlar ko‘rsatish (BPO) yo‘nalishidagi imkoniyatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Tashrif doirasida janob Takashi Xatori UZINFOCOM kompaniyasining shourumiga tashrif buyurdi. Mehmon kompaniyaning O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan eng muhim loyihalari bilan tanishtirildi.