13-fevral kuni UZINFOCOM va IT-Parkning boshqa rezidentlari
O‘zbekiston IT-Parki va JETRO Tashkent hamkorligida tashkil etilgan Axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya forumida ishtirok etishdi.

Tadbirda Yaponiya va O'zbekistonning IT-kompaniyalari vakillari, soha ekspertlari va investorlar qatnashdilar.
Ishtirokchilar taqdimotlar bilan chiqish qilib, o'z kompaniyalari faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va asosiy yutuqlari haqida so'zlab berishdi. Bundan tashqari, networking-sessiya tashkil etildi, uning davomida mehmonlarga ikki mamlakat o'rtasidagi raqamli transformatsiya, investitsiyaviy hamkorlik, IT-autsorsing masalalarini muhokama qilish va foydali kontaktlar almashish imkoniyati yaratildi.