UZINFOCOM delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davom etmoqda
Kompaniyamiz bilan IFLYTEK va BYD kompaniyalari o‘rtasida rasmiy uch tomonlama kelishuvga erishildi va imzolandi, unga ko‘ra, 2024-yil oxirigacha BYD avtomobillarida o‘zbek tilida Muxlisa AI ovozli yordamchisi paydo bo‘ladi.
Samarali uchrashuv va muzokaralar natijasida kompaniyamiz bilan IFLYTEK va BYD kompaniyalari o‘rtasida rasmiy uch tomonlama kelishuvga erishildi va imzolandi, unga ko‘ra, 2024-yil oxirigacha BYD avtomobillarida o‘zbek tilida Muxlisa AI ovozli yordamchisi paydo bo‘ladi.
Ushbu integratsiya texnologiyani mahalliylashtirish va avtomobil egalari uchun qulay vositalarni yaratish, ularga o‘z transport vositalari bilan o‘zaro aloqada bo‘lishda qulay foydalanuvchi tajribasini taqdim etishda muhim qadam bo‘ladi.