UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Kecha Raqamli texnologiyalar vazirligida tijorat banklari rahbarlari uchun

moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish sohasidagi ilg'or yechimlarga bag'ishlangan ma'ruza bo'lib o'tdi.

21.02.2025

Kecha Raqamli texnologiyalar vazirligida tijorat banklari rahbarlari uchun

UZINFOCOM xodimi Rustamxo'ja Alavutdinov MyID tizimining imkoniyatlari, shuningdek, uning bank dasturiy ta'minoti bilan integratsiyalashuvining dolzarb va yangi usullari haqida batafsil ma'lumot berdi. Bu usullar ichki jarayonlarni tezlashtirish va mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash imkonini beradi.

 

Bundan tashqari, ishtirokchilar bank sohasida qo'llanilayotgan raqamli texnologiyalar bilan bog'liq joriy masalalarni, shuningdek, MyID ekotizimini rivojlantirish doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildilar.