UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

UZINFOCOM ofisida Huawei kompaniyasi vakillari bilan taʼlim sohasini raqamlashtirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Huawei vakillari oʻzlarining ilgʻor loyihalari va texnologiyalarini namoyish etishdi. Ayniqsa, "Aqlli sinf" konsepsiyasiga katta eʼtibor qaratildi.

27.02.2025

UZINFOCOM ofisida Huawei kompaniyasi vakillari bilan taʼlim sohasini raqamlashtirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Bu oʻquv muhitini yanada samarali va har bir oʻquvchiga moslashtirilgan holda yaratishga yordam beradigan innovatsion yechim boʻlib, u interaktiv vositalar, bulutli texnologiyalar va zamonaviy jihozlarni oʻz ichiga oladi.

Tomonlar Oʻzbekistonning taʼlim muassasalariga ushbu texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlari va taʼlim tizimini raqamlashtirishga koʻmaklashadigan loyihalarda birgalikda ishlash masalalarini muhokama qilishdi.