UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

O‘zbekistonlik bir guruh davlat xizmatchilari, jumladan, UZINFOCOM xodimlari Vengriyada malaka oshirishdi.

Ushbu malaka oshirish dasturi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Vengriyaning "Ludovika" Davlat xizmati universiteti bilan hamkorlikda hamda GIZning "Samarali davlat boshqaruvi" loyihasi yordamida tashkil etildi.

28.02.2025

O‘zbekistonlik bir guruh davlat xizmatchilari, jumladan, UZINFOCOM xodimlari Vengriyada malaka oshirishdi.

Dastur davomida ishtirokchilar Vengriyaning davlat boshqaruvi, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari ishi bo'yicha ilg'or tajribalarini o'rganishdi, shuningdek, aholiga xizmat ko'rsatish va suv resurslarini boshqarish sohalarida o'zaro bilim va tajriba almashishdi.