UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Mo'g'ulistonga tashrif

17-18 iyun kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, UZINFOCOM va IT Park vakillari Mo'g'ulistonga amaliy tashrif buyurishdi

21.06.2024

Mo'g'ulistonga tashrif

 

 

🔴Tashrifning maqsadi – davlat raqamlashtirish sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish va tajriba almashish, IT-kompaniyalar uchun qonunchilik bazasini mukammallashtirish bo'yicha yo'l xaritasini yaratish, startaplarni qo'llab-quvvatlash va xalqaro investitsiyalarni jalb etish, raqamli mahsulotlarni eksport qilish sohasida ikki mamlakat IT parklarining hamkorligi deb ta’kidlandi.

 

Tashrif doirasida Mo‘g‘uliston Raqamli rivojlanish va kommunikatsiyalar vazirligi, IT-park, Fibo Cloud (ma’lumotlarni bulutli saqlash uchun raqamli yechimlar sohasida yetakchi IT-kompaniya) va Savdo-sanoat palatasi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

💬UZINFOCOM tomonidan MyID ekotizimi va yagona billing tizimining «Digital energy» loyihasi taqdimotlari o‘tkazildi, Fibo Cloud kompaniyasi bilan o‘zaro eksport, loyihalarni o‘rganish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirilgan.