UZINFOCOM logoUZINFOCOM logo

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tibbiyot xodimlari

Yagona tibbiy axborot tizimidan (DMED) foydalanish bo‘yicha o‘quvni muvaffaqiyatli yakunlab, IT-operator-hamshira malakasini tasdiqlovchi sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

26.03.2025

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tibbiyot xodimlari

 

O‘quv davomida mutaxassislar tizimning to‘liq imkoniyatlarini o‘zlashtirib, bemorlarni ro‘yxatga olish, elektron kasallik tarixini yuritish va shifokor qabuli jadvalini tuzishni o‘rgandilar. Bundan tashqari, tibbiyot muassasalarida amaliy mashg‘ulotlar orqali "reimbursatsiya" moduli bilan ishlash, elektron ma’lumotnoma va jurnallarni shakllantirish hamda elektron omborxonani yaratish bo‘yicha to‘liq kurs o‘tkazildi.