Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo tarixida nomi abadiy muhrlangan buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 689-yilligi nishonlanmoqda!
Ko‘plab harbiy yurishlari, ulkan g‘alabalari va strategik mahorati tufayli Amir Temur o‘z davrining eng nufuzli hukmdorlaridan biri sanaladi. Uning homiyligida hunarmandchilik, adabiyot, ta’lim va ilm-fan taraqqiy etdi.