Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Suv xo‘jaligi vazirligining mas’ul xodimi hamda UZINFOCOM bilan hamkorlikda
tumanda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda ishtirokchilarga suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv iste’molchilari o‘rtasida shartnoma rasmiylashtirish va dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda to‘ldirish, elektron shakllangan dalolatnomalarni elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beruvchi “SUVHISOBI” axborot tizimidan foydalanish yuzasidan kerakli ma'lumotlar yetkazildi.
Kunning ikkinchi yarimida esa, Sirdaryo tumanida seminar tashkil etilib, fermer va agroklasterlarning suvni hisobini yuritish bo'yicha savodxonligi oshirildi.